Chegaradan yashirincha geroin olib o‘tayotganlar ushlandi 

3-sahifa

image

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” chegara bojxona posti orqali mamlakatdan chiqib ketayotgan yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda undan 20 kg og‘irlikdagi geroin topildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi QALAMPIR.UZ’ga ma’um qildi.

Bildirilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari yuk avtotransport vositasining bo‘sh holatda xorijiy davlatga yo‘l olganidan shubhalangan va uni  tekshirgan.

Shundan so‘ng, yukxonaning pol qismida shubhali ob’ektlar borligi aniqlangan. Ushbu joy ochib ko‘rilganida, uning ichidagi xufiya bo‘lmalarga 36 dona usti skotch bilan o‘ralgan o‘ramlar borligi fosh bo‘lgan.

O‘ramlar ochib ko‘rilganida esa uning ichidagi o‘tkir hidli modda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra qariyb 20 kg  geroin giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan. 

Ta’kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida O‘zbekiston hududiga 55 kilogramm narkotik moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi  ushlangandi. O‘tgan oy boshida esa Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi – 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingandi. Oldinroq giyohvandlik vositasini ichki a’zosiga yashirib bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent geroin narkotik modda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing