Burni singan o‘quvchi jismoniy tarbiya darsida kaltaklangani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bir nechta o‘quvchilar tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida burni singani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 19 noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi A.S. jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotida sinfdoshi A.E. o‘rtasida ziddiyat kelib chiqib, A.E. va boshqa o‘quvchilar tomonidan kaltaklangan. Oqibatda tanasining turli joylariga jarohat yetkazilib, burun qismi shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. A.S.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 3-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y bergandi. O‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tartibsizlik bo‘yicha shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya xodimlari va maktab ma’muriyati tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazilib, o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'quvchi O'rta Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing