Toshkentdagi maktabda o‘quvchining burni urib sindirildi (video)
3-sahifa
−
22 noyabr
9356Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bir nechta o‘quvchilar tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida burni singani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 19 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Ayni paytda viloyat MMTB hamda huquq-tartibot organlari tomonidan holat nazoratga olingan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 3-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y bergandi. O‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tartibsizlik bo‘yicha shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya xodimlari va maktab ma’muriyati tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazilib, o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etilgandi.
LiveBarchasi