Toshkent viloyatida 6 mashina avariyaga uchradi

Jamiyat

image

21 oktyabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hodisa 21 oktyabr kuni soat 20:00 larda tuman hududidan o‘tgan 4R-22 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6 ta transport vositasi to‘qnashib ketgan. Bunga haydovchilar oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan.

Mashinalar haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida teplovoz Spark rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Avvalroq, Samarqand shahrining Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made