Buxorodagi uyda yuz bergan portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – BP
3-sahifa
−
04 fevral 2021
6098Bugun, 4 fevral Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 9 qavatdan iborat bo‘lgan uyning 3-qavatidagi xonadonda gazni sizib chiqishini natijasi portlash yuz bergani xabar qilingandi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 4 fevral kuni 17:30da Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “WHITE GROUP TRADING” MCHJ tomonidan qurilgan 9 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida tabiiy gazni ulash jarayonida gazning quvurdan sizib chiqishi natijasida portlash yuzaga kelgan.
Natijada, ko‘p qavatli uyda bo‘lgan A.Mirzayev, N.Samadov va I.Sotiboldiyev, portlash jarayonida yo‘ldan transport vositalarida yo‘lovchi sifatida ketayotgan F.Jo‘rayeva, Sh.O‘rinova, N.Roziqova, B.Jo‘rayev, M.Mahmudova, B.Sobirova, Sh.Idiyeva, F.Yuldasheva va Sh.Asadova turli darajadagi tan jarohatlari olib, RSHTYOIM Buxoro filialiga olib kelingan.
A.Mirzayev og‘ir, Sh.Asadova yengil va qolgan barcha fuqarolar o‘rta og‘ir tan jarohati olishgan. Hozirda ularga shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Yetkazilgan tan jarohatlari bo‘yicha sudga oid tibbiyot va zarar yetkazilganligi bo‘yicha sudga oid baholash hamda sudga oid qurilish texnikaviy ekspertizalar tayinlandi.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi