Tezkor: Buxorodagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi
3-sahifa
−
04 fevral 2021 14366 1 daqiqa
Bugun, 4 fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasida yangi qurilayotgan 8 qavatli turar joy binosining 3 qavatida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz portlashi oqibatida 3 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Vafot etganlar to‘g‘risida hozircha xabar bo‘lmagan.
Hozirda portlash joyida FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha axborotlar berib boriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr