O‘qituvchilarga ba’zi dorilar bepul beriladi

Jamiyat

image
Maktablar ta’til jadvalida o‘zgarish bo‘ladimi? north_east

Maktablar ta’til jadvalida o‘zgarish bo‘ladimi?

Umumta’lim muassasalarida koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish va davolash maqsadida barcha o‘qituvchi va xodimlarni gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta’minlash topshirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi.

Bugungi kunda ushbu preparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchi va xodimlariga yetkazib berilishi boshlangan.

Avvalroq, Samarqand viloyatining Payariq va Jomboy tumanlarida 100 nafar, Jizzax shahrida 52 nafar va Buxoro viloyatida 239 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani haqida bergan edik. Shuningdek, Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumonlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing