Maktablar ta’til jadvalida o‘zgarish bo‘ladimi?
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
7511Ma’lumki, pandemiyasi sababli O‘zbekistonda maktablan o‘quv yilini an’anadagidan kech boshladi. Xo‘sh, bu maktab o‘quvchilarining ta’tillariga ta’sir qiladimi? Ushbu savol bilan Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamovaga yuzlanildi.
Uning qayd etishicha, amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yili 2 sentyabrdan 25 mayga qadar davom etadi. O‘quv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta’tillar belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
• kuzgi ta’til- 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
• qishqi ta’til- 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
• bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
• yozgi ta’til - 26 maydan- 1 sentyabrga qadar davom etadi.
1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
“Ma’lumki, pandemiya sharoitida o‘quv yili 14 sentyabrdan boshlandi. hozircha ta’til kunlariga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi”, deydi Rustamova o‘z bayonotida.
LiveBarchasi