Maktablarda davomat 50 foizni ham taşkil qilmayapti – Erkinjon Turdimov
Jamiyat
−
20:28 1134 2 daqiqa
Hozirgi kunda Özbekistondagi maktablarda öquvçilarning darsga qatnaşiş körsatkiçi 50 foizni ham taşkil qilmayapti. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov jurnalist Karimberdi Töramurodga bergan intervyusida söz oçdi.
Erkinjon Turdimov intervyuda maktab darsliklari haqida gapirib, ularda xatolar tölib-toşganini “yaxşi bilişini” aytgan.
“Men maktab darsliklari xatolar bilan tölib-toşganini yaxşi bilaman. Darsliklar, ularning mazmuni bilan bizning vazirlik bevosita şuğullanmas ekan. Bu bilan şuğullanadigan Ta’lim markazi va Ilmiy tadqiqotlar institutiga maktab darsliklari mazmun, mohiyati borasidagi öz takliflarimizni yubordik”, deydi vazir.
Bundan taşqari, u maktablarda davomat 50 foizni ham taşkil qilmayotganini oçiqlagan.
“Işonasizmi, bugun maktablarda davomat 50 foizni ham taşkil qilmayapti. Biz öquvçini maktabga qaytarişimiz kerak. Tuşuntiriş, tarğibot bilan bölmagandan keyin içki işlar xodimlarini jalb etişga majbur böldik. Sirdaryoda şu işning boşida özim turib, har bir maktabni özim nazorat qilib, içki işlar xodimlari yordamida davomatni 80 foizga çiqardik. Şunda ham davomatni bundan yuqoriga kötara olmadik”, deydi u.
Erkinjon Turdimovning aytişiça, taxminan 10 foiz öquvçi bozor-öçarga, pul topişga çiqib ketgan bölsa, yana şunçasi boşqa şaharlarga, masalan, Qoraköldagi matematika maktabiga yoki poytaxtdagi öquv markazlariga, repititorlardan dars olgani çiqib ketgan.
“Ota-onasiga “Bolangizni topib bering, maktabga borsin”, desak, “Maktabda öqisa, universitetga kirolmaydi, bolam repititorda öqiyapti, uni bezovta qilmang”, deydi”, deya davomat pastligiga sabab keltirgan Erkinjon Turdimov.
Uning aytişiça, maktablarda öqitiş sifatini ham yaxşilaş kerak. Aks holda, davomatni 100 foiz qilib bölmaydi.
“Hozir Toşkentda tajribadan ötkazyapmiz. Har bir maktab, har bir sinfda raqamlaştirilgan kuzatuv tizimini butun respublikada joriy qilamiz. Şunda har bir sinfda neçta öquvçi ötirganini, öqituvçi qanday dars ötayotganini özim ham bemalol körib turaman. Öquvçini maktabga qaytaramiz”, deydi vazir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erkinjon Turdimov Özbekistonda ta’lim tizimini rivojlantiriş uçun Amerikani oçiş kerak emasligini, faqat tartibni, talabni joyiga qöyib, şuning hisobidan samarali natijaga erişmoqçiligini aytgan edi.
Live
Barchasi