Bugun 52 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 12 may kuni Toshkentdagi  Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 52 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, Toshkent, Surxondaryo, Andijon va Namanganda jami 22 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘ayib chiqqani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan. Ayni vaqtda shifoxonalarda 469 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing