Braziliyada ko‘ngillining o‘limidan so‘ng Xitoy vaksinasi sinovi to‘xtatildi

Olam

image

Braziliyada Xitoyning “Koronavak” vaksinasining klinik sinovlari o‘ta ko‘ngilsiz hodisadan keyin to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “Globo” ma’lum qildi. 

Ushbu vaksina Xitoyning “Sinovac Biotech” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 

Ma’lumotga ko‘ra, klinik sinovlar paytida ko‘ngillilardan biri vafot etgan.

Shundan so‘ng, Braziliyaning Anvisa Sog‘liqni saqlash tizimini nazorat qiluvchi agentligi “jiddiy nojo‘ya ta’sir” tufayli vaksinaning klinik sinovlari to‘xtatilganini e’lon qilgan. 

Sinovlarni nazorat qilayotgan Butantan instituti rahbari Dimas Kovas ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘ngillining o‘limi ushbu vaksina sinovlari bilan bog‘lanmagan. 

“Biz Anvisa’ni “jiddiy nojo‘ya ta’sir”dan emas, balki o‘lim yuz berganidan xabardor qilgandik. Anvisa’ning ushbu qaroridan biroz taajjubdamiz, chunki o‘lim vaksina sinovi bilan bog‘lanmagan”, degan Kovas.

Qayd etilishicha, Xitoyning “Koronavak” vaksinasi klinik sinovi Turkiya va Indoneziyada ham o‘tkazilyapti. Ammo u yerda sinovlar to‘xtatilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, Braziliyada Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etgani haqida xabar bergandik. 

Keyinchalik, Oksford universiteti mutaxassislari ko‘ngillilardan biri vafot etganiga qaramay, Braziliyada koronavirusga qarshi vaksinani tadqiq qilishni davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

XITOY VAKTsINA

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing