Homiladorlar koronavirusga chalinishi xavfli. JSST ayollarni vaksina olishga chaqirmoqda

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) homilador ayollarni koronavirusga qarshi dori va vaksinalarning klinik sinovlariga qo‘shishni zarur deb hisoblaydi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.  

“Homilador ayollarning koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori emas, lekin ular infeksiya yuqtirsa, kasallik og‘ir o‘tadi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda homilador ayollarning vaksinalardan foydalanish imkoniyati bo‘lishi juda muhim. Biz, shuningdek, homilador ayollarni yangi muolajalar va vaksinalarning klinik sinovlariga qo‘shishga chaqiramiz. Yaxshiyamki, virusning bachadonda yoki tug‘ilishda yuqishi juda kam uchraydi, ona sutida faol virus zarralari aniqlanmagan”, degan u. 

Tedros Adhanom Gebreyesus, shuningdek, ba’zi mamlakatlarda koronavirus ayollarni yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan ajratishidan xavotir bildirgan. JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu tug‘ilgandan keyingi birinchi kunlarda bolalarning sog‘lig‘i va tinchligiga zarar yetkazishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda koronavirusning yangicha shtammi “omicron” dunyo bo‘ylab juda tez tarqalmoqda. 2022 yilning ilk haftasidayoq virusning yangi turi bilan bog‘liq 7 million holat qayd etilgan. Yangi yilning ikkinchi haftasida esa kasallanish holati ikki barobarga ortgan.   

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 320 959 131 nafarga yetdi. 5 539 206 kishi kasallikdan vafot etdi. Shuningdek, butun dunyoda 9,37 mlrd vaksina dozasi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST VAKTsINA

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing