Rossiya hududlariga 8 dekabrgacha koronavirusga qarshi vaksina yetkaziladi
Olam
−
03 dekabr 2020
4466Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin Rospotrebnadzor, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligiga 8 dekabrga qadar Rossiya hududlariga koronavirus infeksiyasini oldini olish uchun vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda Hukumat Matbuot xizmati xabariga tayanib ma’lumot berilgan.
“Bosh vazir Mixail Mishustin yangi koronavirus infeksiyasi oldini olish uchun vaksinani yetkazib berishni tartibga soladigan vaqtinchalik sanitariya-epidemiologiya qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun bir hafta muhlat berdi. Buyruq Rospotrebnadzor, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligiga yuborilgan. Amalga oshirish muddati – 8 dekabr”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, viloyat hokimlari koronavirusdan uyda davolanayotganlarga tibbiy yordam va dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha ishlarni davom ettirishi aytilgan.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanishini e’lon qilgandi. Putin Rossiyada 2 mln doza atrofida vaksina ishlab chiqarilganini ma’lum qilgan.
Mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaga ko‘ra, Rossiyada emlash bepul va ixtiyoriylik asosida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada hozirgacha ikkita vaksina rasman ro‘yxatda o‘tkazilgan. “Sputnik V” vaksinasi 11 avgustda, “EpiVakKorona” preparati esa 14 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Sputnik V”ning samaradorligi 92 foizni tashkil etgani aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiyadan boshqa mamlakatlar hali ham o‘z vaksinasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xodimlariga taklif etmagan.
LiveBarchasi