Rossiyada 101 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi urush faxriylari shifoxonasida koronavirusga chalingan 101 yoshli ayol kasallikdan tuzaldi. Bu haqda shifoxona rahbari Petr Vdovenko ma’lumot bergan.

"24 noyabr kuni 1919 yilda tug‘ilgan bemorga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqida bizga murojaat qilishdi. Biz bunday yoshdagi bemorlarni qanday davolashni bilganimiz uchun ayol bizga keltirildi. Biz bemordagi koronavirus infeksiyasini ham, unga hamrohlik qilayotgan barcha patologiyani ham davoladik. Hozir uning ahvoli barqaror, harorati normal holatga keldi, hayotiy ko‘rsatkichlari ham normal. Hozirda bemorni shifoxonadan chiqishga tayyorlamoqdamiz", degan Vdovenko.

Shifokor, shuningdek, bemorning juda og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilganini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Krasnoyarskdagi urush faxriylari shifoxonasi negizida 290 o‘rinli COVID-19 kasallari davolanadigan yirik shifoxonalardan biri faoliyat yuritmoqda.

Rossiyada koronavirusga chalinganlar 2,46 milliondan oshgan. 43 ming 141 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ROSSIYa

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing