Koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar ochiqlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2021
97292021 yil 24 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 171588 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 508 kishida kasallik aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 36 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 9 nafari Andijon viloyatida,
• 7 nafari Buxoro viloyatida,
• 9 nafari Jizzax viloyatida,
• 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 6 nafari Navoiy viloyatida,
• 7 nafari Namangan viloyatida,
• 52 nafari Samarqand viloyatida,
• 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 3 nafari Xorazm viloyatida,
• 98 nafari Toshkent viloyatida,
• 226 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 67 nafar,
• Andijon viloyatida 13 nafar,
• Buxoro viloyatida 14 nafar,
• Jizzax viloyatida 25 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
• Navoiy viloyatida 8 nafar,
• Namangan viloyatida 13 nafar,
• Samarqand viloyatida 50 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 15 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
• Toshkent viloyatida 105 nafar,
• Toshkent shahrida 394 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 166013 (+731) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Kecha 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1218 nafarni tashkil etdi.
Shuningdek, kecha, 24 sentyabr kuni 107 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26818 nafarga yetdi. Kecha ularning 464 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 24866 nafarni tashkil qilmoqda.
2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 223 nafarga yetdi.
LiveBarchasi