Koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi turi haqida ma’lumot berildi
Olam
−
15 dekabr 2020
8976Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan koronavirusning yangi turi uning boshqa turlariga qaraganda yuqumliroq hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) koronavirus bo‘yicha maxsus vakili Devid Navarro ma’lum qilgan.
Navarro ushbu turdagi virus xavfli emasligini ta’kidlagan.
"Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirusning ushbu turi Buyuk Britaniyada virusga qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishlarini tubdan o‘zgartirmaydi", degan Navarro.
Shunga qaramay, JSST maxsus vakili odamlarni pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda hushyor bo‘lishga chaqirgan.
Avvalroq, Buyuk Britaniya poytaxti Londonda koronavirusning yangi turi aniqlangani uchun 16 dekabrdan boshlab maksimal darajadagi cheklovlar joriy etilayotgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 1,87 million holatda COVID-19 kasalligi qayd etilgan, 64 ming 402 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi