AQSH Davlat departamenti diplomatlarni Shanxayni tark etishga chaqirdi
Olam
−
12 aprel 2022
11494AQSH Davlat departamenti Xitoyning Shanxay shahridagi davlat konsulligining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan davlat xizmatchilari COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli shaharni tark etishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda AQSH Tashqi ishlar idorasi xabarida aytiladi.
“2022 yil 11 aprelda departament COVID-19 ga chalinish holatlari sonining ko‘payishi munosabati bilan Shanxaydagi Bosh konsullikning konsullik okrugidan muhim bo‘lmagan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ketishi to‘g‘risida buyruq chiqardi”, deyiladi xabarda.
Davlat departamenti, shuningdek, bir qator hududlarda joriy etilayotgan koronavirusga qarshi choralar tufayli AQSH fuqarolarini Xitoyga safarlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Shanxayning deyarli barcha tumanlari joriy yilning 28 martidan boshlab to‘liq yoki qisman karantin holatida. Aholi o‘z uylarida qolishga va koronavirus uchun testlardan o‘tishga majbur. Ba’zi turar-joy majmualari uchun uy karantini rejimi mart oyining o‘rtalaridan boshlab, shaharda kovid uchun ommaviy sinov kampaniyasi boshlangan paytdan beri davom etmoqda. Rasmiylarning cheklovchi choralari koronavirusning simptomsiz tashuvchilari soni bilan bog‘liq bo‘lib, so‘nggi bir necha hafta ichida kovid uchun testlar ko‘payib bormoqda.
LiveBarchasi