AQSHda favqulodda holat: koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi jahon rekordi qayd etildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir kunda 1,13 million yangi COVID-19 holati aniqlandi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich yangi jahon rekordiga aylangan. Shu bilan birga, infeksiyalarning yakuniy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligi aytilgan, chunki Amerikaning barcha shtatlari kasallanish bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qila olmagan. 

“Yuqumli “omicron” shtammi tarqalishining sekinlashuvi bo‘yicha belgilar yo‘q”, deyiladi nashrda. 

Bundan tashqari, agentlik statistik ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan shifoxonaga yotqizilganlarning rekord soni qayd etilgan – 135,5 ming kishi. 

Ma’lumot o‘rnida, avvalgi rekord AQSHda ham o‘rnatilgan — joriy yilning yanvar oyi boshida mamlakatda kuniga bir milliondan ortiq kasallik aniqlangan. 

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KORONAVIRUS

Baholaganlar

371

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing