Rossiyada mehnat muhojirlariga bir qator yengilliklar berilishi mumkin 

Olam

image

Rossiya Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katirin mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustinga koronavirus pandemiyasi paytida mehnat muhojirlarining mamlakatga kirib kelishini yengillashtirish taklifi bilan xat yubordi

Xususan, Katirin yuqori malakali mutaxassislarning oilasi bilan Rossiyaga kelishiga ruxsat berishni taklif qilgan.

Katirinning so‘zlariga ko‘ra, palata ishbilarmon doiralar vakillaridan koronavirus pandemiyasi sababli joriy cheklovlar sharoitida xorijlik fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga kirishini yengillashtirish bo‘yicha iltimos bilan ko‘plab murojaatlarni qabul qilmoqda. 

“Xorijlik yuqori malakali mutaxassislarning Rossiyaga har bir kirib kelishida ularni qabul qilishni ma’qullash talabini istisno qilish maqsadga muvofiqdir (birinchi kirishni tasdiqlashning o‘zi kifoya), shuningdek, yuqori malakali sport mutaxassislari uchun yaqinda qabul qilingan qaror bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning oila a’zolariga kirish huquqini berish lozim”, deyilgan murojaatda.

Shuningdek, Sergey Katirin Rossiyaga ishlash uchun keluvchi xorijlik fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda chet eldan ishchi kuchini jalb etadigan Rossiya kompaniyalari kadrlar tanqisligiga duch kelmoqda, xususan, MDH mamlakatlaridan.

Shu munosabat bilan Savdo-sanoat palatasi rahbari Hukumatning akti bilan mehnat muhojirlarining kirish tartibini belgilashni, ularning Rossiya Federatsiyasining hududlariga kirish masalasini mintaqaviy idoralararo komissiyalar orqali hal qilish vakolatini berishni tavsiya qilgan.

Xatda, shuningdek, migrantlarning kirishini ta’minlash uchun Rossiyaga chet ellik ishchilarni yetkazib berishni tashkil etish, test sinovlarini o‘tkazish, agar kerak bo‘lsa 14 kunlik o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishni taminlash, tibbiy yordam ko‘rsatish taklif qilingan. 

Avvalroq, Rossiyada yashash va ishlash istagida bo‘lgan muhojirlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirishning yangi qoidalari o‘rnatilishi haqida ma’lumot bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

ROSSIYa MUHOJIRLAR

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing