Rossiyada antirekord qayd etildi. Kunlik kasallanganlar 27 mingdan oshdi

Olam

image

O‘tgan kecha-kunduzda Rossiya Federatsiyasida koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar 27 ming 543 tani tashkil etgan. Bu pandemiya boshlanganidan beri maksimal daraja hisoblanadi. Shuningdek, o‘tgan sutkada 496 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.

Antirekord qayd etilgan kundan bir kun oldin Rossiyada 25 ming 487 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Shuningdek, mamlakatda sog‘aygan bemorlar sonida ham ijobiy dinamika davom etmoqda. O‘tgan kun davomida Rossiya Federatsiyasida 26 ming 682 nafar bemor davolanib, uyiga kuzatilgan. Bu pandemiya davridagi rekord hisoblanadi. 

O‘tgan kunda poytaxt Moskvada ham COVID-19 ning yangi holatlari bo‘yicha antirekord yangilangan. Poytaxtda kasallanganlarning kunlik o‘sishi 7 ming 918 tani tashkil qilgan, 77 ta o‘lim holati tasdiqlangan. Shuningdek, sog‘ayganlar uchun ham rekord o‘rnatilgan: 6 ming 484 kishi.

Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 2 mln 215 ming 533 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, mamlakatda 38 ming 558 kishi vafot etgan va 1 mln 712 ming 174 nafar bemor sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 464 ming 801 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ROSSIYa

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing