Migrantlar diqqatiga: Rossiyada rus tili va tarixdan imtihon topshirish tartibi o‘zgardi

Olam

image

Rossiyada yashash va ishlash istagida bo‘lgan muhojirlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirishning yangi qoidalari o‘rnatiladi. Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. 

Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boshqaruvi ushbu imtihonni o‘tkazuvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini hamda imtihonni o‘tkazish tartibi va shaklini belgilash huquqiga ega. 

Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy ro‘yxatga kiritilgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 180 kun yoki 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

ROSSIYa MIGRANTLAR

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing