AQSH bir shart bilan xorijliklarning mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi

Olam

image

Joriy yilning 8 noyabridan boshlab, AQSHga kirmoqchi bo‘lgan chet elliklar Amerika hukumati yoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan koronavirusga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerak. Bu haqda mamlakat Davlat departamenti ma’lum qildi. 

Oq uy, bundan biroz avval, chet elliklarning AQSH chegaralarini kesib o‘tishi uchun COVID’ga qarshi emlanishni talab qiladigan yangi choralar 8 noyabrdan kuchga kirishini aytgan edi. 

“Bugun Oq uy e’lon qilgan yangi kirish siyosatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga borayotgan chet elliklar COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganligini isbotlashi shart. Bu 8 noyabrdan kuchga kiradi. Vaksinalar FDA (AQSH tibbiy regulyatori) tomonidan tasdiqlangan yoki JSST tomonidan favqulodda foydalanish uchun tasdiqlangan bo‘lishi kerak”, degan Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Ned Prays. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi vaqtda JSST koronavirusga qarshi Amerikaning Moderna va Pfizer, Yevropaning Jannsen va AstraZeneca, Xitoyning Sinopharm, Sinovac, shuningdek Hindistonning Serum Institute of India kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarni favqulodda ishlatishga ruxsat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh VAKTsINA

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing