7 mingdan ortiq harbiy xizmatchi koronavirusga qarshi emlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida yetti mingdan ortiq harbiy xizmatchi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov ma’lumot bergan. 

Uning ta’kidlashicha, harbiy xizmatchilarni emlash uchun 14,5 ming doza vaksina olingan. 

Ular harbiy okruglarga, Shimoliy flotga va Mudofaa vazirligining markaziy apparatiga tarqatilgan. 

“Har kuni bir yarim ming askar emlanmoqda. Hozirgacha 7 ming 175 nafar harbiy xizmatchi emlandi”, degan Ivanov.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlanishini e’lon qilgandi. Putin Rossiyada 2 mln doza atrofida vaksina ishlab chiqarilganini ma’lum qilgan.

Mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaga ko‘ra, Rossiyada emlash bepul va ixtiyoriylik asosida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada hozirgacha ikkita vaksina rasman ro‘yxatda o‘tkazilgan. “Sputnik V” vaksinasi 11 avgustda, “EpiVakKorona” preparati esa 14 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Sputnik V”ning samaradorligi 92 foizni tashkil etgani aytilgandi.

Bugun O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Cputnik V” vaksinasi namunalari olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS VAKTsINA

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing