BP “Shovotlandiya” kafesidagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi
3-sahifa
−
28 fevral 2021
20349Avval xabar berganimizdek, kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan “Shovotlandiya” kafesi qasddan yoqib yuborildi. Hodisa natijasida 5 kishi halok bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay kafega o‘t qo‘ygan shaxs ham ushlandi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati hodisa yuzasidan QALAMPIR.UZ`ga ma’lumot berdi. Unda yong‘in qurbonlari haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, kafedagi yong‘inda Javohir J. (1998 yilda tug‘ilgan), Xudayshukur X. (1998 yilda tug‘ilgan), Bibijon A. (1961 yilda tug‘ilgan), Madina B. (1999 yilda tug‘ilgan) va Shohsanam A. (1996 yilda tug‘ilgan) halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilyapti.