Tailandda avtomobil ijarasi şoxobçasida yonğin çiqib, 11 kişi halok böldi

Olam

−

image

Tailandning janubidagi Pxuket kurort orolida joylaşgan savdo binosida bugun, 16 noyabr kuni erta tongda yonğin sodir böldi. Oqibatda 11 kişi halok bölib, yana 16 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yonğin avtomobillarni ijaraga beriş şoxobçasi joylaşgan binoda boşlangan va keyinçalik yaqin atrofdagi bir neçta binoga tarqalgan.

Tailand rasmiylariga köra, yonğin 16 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:17 da boşlangan. Öt öçiruvçilar taxminan ikki soat davomida alanga bilan kuraşib, uni nazorat ostiga olgan.

Jarohatlanganlarning 15 nafari Tailand, bir nafari esa Myanma fuqarosi bölgan. Politsiya ma’lumotiga köra, halok bölganlar va jarohatlanganlar orasida sayyohlar yöq.
Yonğin Pxuket orolining ğarbiy sohilidagi maşhur Patong plyaji yaqinida, şahar hududida sodir bölgan. Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi örganilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy şimolidagi Şansi provinsiyasida joylaşgan turar joy binosida yonğin sodir bölgan edi. Hodisa oqibatida kamida 14 kişi halok bölib, yana 38 kişi şifoxonaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing