Blinken yana Yaqin Sharqqa yo‘l oladi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken shu hafta oxirida Yaqin Sharqqa safar qiladi va G‘azodagi vaziyat yuzasidan diplomatik muloqotlar o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy va AQSH Davlat departamenti vakillari bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Blinken tomonlar bilan muloqot o‘tkazadi va G‘azodagi mojaro tugaganidan keyin mintaqadagi vaziyatni baholaydi. Shuningdek, Davlat kotibi G‘azodagi boshqaruv, falastinliklarga gumanitar yordam yetkazilishi va ehtimoliy mustaqil Falastin davlatini tan olish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qiladi.

Ma’lumot uchun, Blinken 2023 yil 7 oktyabrdan beri mintaqaga to‘rt marta tashrif buyurgan. Davlat kotibining yangi tashrifi tafsilotlari yaqin kunlarda AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy boshida Blinken mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida TurkiyaGretsiyaIordaniyaQatarBAA, Saudiya Arabistoni, Isroil, Falastin, Bahrayn va Misrda bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing