Blinken bilan uchrashgan Iroq Bosh vaziri Eronga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 6 noyabr kuni Iroq Bosh vaziri Muhammad al Sudaniy rasmiy tashrif bilan Eronga bordi. Bu haqda Eronning “Tasnim” agentligi xabar berdi.

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ertalab Iroq Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimida qabul qilgan. Ikki yetakchi muzokara o‘tkazib, Tehron va Bag‘dod o‘rtasidagi munosabatlarning borishi hamda mintaqadagi so‘nggi voqealarni sharhlash uchun qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazgan.

"Isroilni qo‘llab-quvvatlagan har bir kishi falastinliklarga qarshi jinoyatlarga sherikdir", degan Eron Prezidenti matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning yordami, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish Isroilga yanada dadilroq harakat qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 noyabr kuni Iroq Bosh vaziri Muhammad al Sudaniy Bog‘dodda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi. Blinken Iroqda joylashgan Amerika qo‘shinlariga eronparast kuchlar tomonidan zarbalar kuchayib borayotgan bir paytda, ikkinchi bunday hujum va tahdidlarni butunlay qabul qilib bo‘lmasligini aytgandi. Al-Sudaniy esa Iroqdagi xalqaro koalitsiya maslahatchilari joylashgan uchta harbiy bazaga, jumladan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Assadga, Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi harbiy bazaga va Harirga raketa hujumlari uyushtirganlarni ta’qib qilishga va’da bergandi. Blinken Iroqni tark etgach esa Anbar viloyatida joylashgan Ayn al-Assad bazasiga uchuvchisiz samolyotlar yordamida kamida ikki marta hujum qilindi


Maqola muallifi

Teglar

Eron Iroq Ibrohim Raisiy Muhammad al Sudaniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made