Bir necha viloyatlardagi maktablarda qishki ta’til uzaytirildi

Jamiyat

image

Andijon, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Xorazm viloyatidagi barcha umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda  maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Namangan viloyatida ham hududda mavjud 710 ta umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda, barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy o‘quv yurtlarida qo‘shimcha ta’til 18 yanvarga qadar belgilandi.

Shuningdek, Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim markazlarida ta’til kunlari 18 yanvarga qadar uzaytirildi.

Toshkent viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida ham ta’til vaqti uzaytirildi. O‘qish 18 yanvardan boshlanishi belgilandi.

Qayd etilishicha, ushbu viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim muassasalaridagi ta’til vaqtini uzaytirilishiga sovuq ob-havo saqlanib qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktablarda 16 yanvardan ta’lim jarayonlari tiklanishi ma’lum qilingandi. Toshkent viloyatida esa o‘qish 12 yanvardan boshlangandi. Andijonda esa maktablarda 11 yanvardan ta’lim jarayonlari tiklanishi ma’lum qilingandi. 

Joriy yilning 11 yanvaridan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich boshdanishi malum qilingandi.

Shu bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing