Bir kunda Ozarbayjonning 130 harbiysi halok bo‘ldi – Qorabog‘

Olam

image

4 kundirki Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston Qurolli kuchlari o‘rtasidan to‘qnashuvlar davom etyapti. O‘tgan vaqt ichida har ikki tomon ham ko‘pgina qurbonlar berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Armaniston Qurolli kuchlari to‘qnashuvlarda ko‘plab yo‘qotishlarga uchrayapti. Ammo yo‘qotishlar miqdori haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.

O‘z navbatida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi Mudofaa qo‘shinlari vakili Suren Sarumyanning ma’lum qiliishicha, Ozarbayjon kecha 29 ta zirhli texnika va 11 ta dronidan ayrilgan. Shuningdek, 130 harbiy o‘ldirilgan, 260 nafari yaralangan.

Bundan tashqari, Armaniston Qorabog‘ harbiylari Ozarbayjonning 3 ta vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi. Ammo rasmiy Baku buni rad qildi.

Avvalroq, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev yaralangan harbiylarni ko‘rgani borib, Qorabog‘da tinchlik o‘rnatilishi uchun Armaniston bosib olgan yerlaridan harbiylarini olib chiqib ketishi kerakligini aytgandi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing