Berlinda Gorbachyov vafoti munosabati bilan bayroqlar tushirildi

Olam

image

Bugun, 3 sentyabr kuni Germaniya federal kanslerining Berlindagi idorasida Mixail Gorbachyovning vafoti va bugun dunyo u bilan vidolashayotgani munosabati bilan bayroqlar yarmigacha tushirildi. Bu haqda TASS muxbiri xabar bermoqda. 

Qarorgohda Germaniyaning milliy uch rangli bayrog‘i va Yevropa bayrog‘i hilpirab turibdi. Avvalroq Berlin ichki ishlar bo‘yicha senator Iris Spranger Gorbachyovning “Germaniya demokratik respublikasidagi siyosiy o‘zgarishlarda ko‘rsatgan xizmatlarini” qayd etgan edi.  

“2+4” shartnomasini imzolash orqali u Germaniyani birlashtirish va Berlinni birlashtirishga yo‘l ochdi”, degan u. 

Germaniyada Gorbachyovni nemis birligining me’morlaridan biri deb atashadi. 7 sentyabr kuni Germaniya Bundestagi SSSRning birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltiradi.  Marosimda Germaniya davlati rahbari Frank-Valter Shtaynmayer ishtirok etadi. 

SSSRning birinchi va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov bilan vidolashuv marosimi bugun, 3 sentyabr kuni Moskvadagi Kasaba uyushmalari uyida bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Vladimir Putin ishtirok etmadi. Davlat rahbari ham, Hukumat raisi Mishustin ham korchalonlaridan gulchambar yubordi. Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedey esa marosimga kelib, marhum xotirasiga hurmat bajo keltirdi va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 

Shuningdek, vidolashish marosimida qatnashish uchun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Moskvaga keldi

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.

Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing