Viktor Orban Gorbachyov bilan vidolashish uchun Moskvaga keldi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun, 3 sentyabr kuni Moskvaga keldi. U SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tayotgan Moskvadagi Kasaba uyushmalari uyiga borib, vidolashuv marosimida ishtirok etdi. 

Vengriya siyosatchisi so‘nggi sovet rahbarining tobutiga gul qo‘ydi. U Gorbachyovlar oilasiga ham yaqinlashib, hamdardlik bildirdi. 

Rossiya Prezident Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Putin va Orbanning uchrashuvi rejalashtirilmagan. 

Vidolashuv marosimidan keyin Gorbachyov Rossiya poytaxtidagi Novodevichiy qabristoniga dafn etiladi.

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.

Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov Viktor Orban

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing