SSSRning birinchi va yagona Prezidenti Mixail Gorbachyov dafn etildi (video)
Olam
−
03 Sentabr 2022
20608SSSRning birinchi va yagona Prezidenti Mixail Gorbachyov Novodevichiy qabristoniga dafn qilindi. Dafn marosimi faxriy qorovul ishtirokida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi TASS muxbiri.
Gorbachyov oilaviy qabrga. rafiqasi Raisa yoniga dafn qilindi.
Dafn etilgan joyga, xususan, Rossiya Federatsiyasi hukumati apparati, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Moskva meri Sergey Sobyanin, “Mosfilm” kinokonserni, Rossiya yahudiylari kongressi, “Yabloko” partiyasi, Qirg‘iziston, Rossiya akademik yoshlar teatri jamoasi tomonidan gulchambarlar o‘rnatildi.
Dafn marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyuruvchilarga ham ruxsat berildi, ular huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘rnatilgan panjara ortida turishdi. Dafn marosimida xorijiy davlatlar elchilari, xususan, Buyuk Britaniya va Fransiyadan Debora Bronnert va Per Levi ishtirok etdi.
Dafn marosimi kolonnasi qabristonga yetib kelganida Gorbachyovning tobuti Rossiya bayrog‘i bilan qoplandi. Marhumning portretini “Novaya gazeta” bosh muharriri, Tinchlik uchun “Nobel” mukofoti sovrindori Dmitriy Muratov ushlab bordi. Siyosatchining jasadi bo‘lgan tobut faxriy qorovul va Rossiya Federatsiyasi madhiyasi ostida qabrga qo‘yildi.
Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.
Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi.
LiveBarchasi