Berlin Germaniyadagi Rossiya konsulliklarini yopdi

Olam

image

Berlin Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasining faoliyatiga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 31 kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Berlinning mazkur qarori mamlakatda mazkur konsulliklarning ishlamasligini bildiradi. Germaniya TIV Moskvaga yil oxirigacha konsulliklarni yopish zarurligi haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, Germaniya Rossiya Federatsiyasidagi nemislar mavjudligini qisqartirish jarayonida Kaliningrad, Novosibirsk va Yekaterinburgdagi o‘z konsulliklarini yopishini ham e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Rossiyadagi vakolatxonalarida ishlaydigan 100 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishini ma’lum qilgan edi. Mart oyi oxirida Germaniya 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. May oyi boshida esa Germaniya missiyalarining bir guruh xodimlari Rossiyani tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya vakolatxona konsullik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing