Berdimuhamedov Baydenni tabrikladi

Olam

image
AQSHning 46-Prezidenti Jo Bayden kim? U nimalar qilmoqchi? north_east

AQSHning 46-Prezidenti Jo Bayden kim? U nimalar qilmoqchi?

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov xalqi va mamlakat Hukumati nomidan hamda shaxsan o‘z nomidan Jozef Baydenga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti etib saylangani munosabat bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Berdimuhamedov o‘z maktubida Turkmaniston AQSH bilan munosabatlarining hozirgi darajasini yuqori baholashini va tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni himoya qilishning an’anaviy tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berishini ta’kidlagan.

“Turkmaniston va AQSH o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro tushunish va manfaatdorlikka asoslangan aloqalar yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman”, degan Berdimuhamedov.

Turkmaniston Prezidenti Baydenga salomatlik, baxt va yuqori davlat lavozimidagi faoliyatida omad tilagan.

Qayd etish kerakki, Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlaridan birinchi bo‘lib AQSHning saylangan Prezdentini tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Saylov natijasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, natijalar demokrat Jo Baydenning g‘alabasini ko‘rsatmoqda.

Hozirgacha Baydenni Xitoy Raisi Si Szinpin rasman tabrikladi. Shuningdek, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Jo Baydenni tabrikladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Baydenni tabriklashga shoshmayapti. U saylovning natijasi rasman e’lon qilinmaganini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Jo Bayden

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing