O‘lim bilan kurashayotgan Bayden ilk bor ko‘rinish berdi

Olam

image

Bugun, 10 avgust kuni Jo Bayden o‘g‘li Xanter uning prostata saratoni suyaklariga tarqalganini ma’lum qilganidan so‘ng ilk bor jamoatchilik oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, u bugun Saint Joseph on the Brandywine cherkovida o‘tkazilgan katolik ibodat marosimida qatnashgan. 83 yoshli Baydenga Maxfiy xizmat xodimlari hamrohlik qilgan. Bayden marosimdan chiqishda boshqa dindorlar bilan suhbatlashgan va avtomobiliga o‘tirish vaqtida jilmaygan.

Sobiq prezident ko‘k ko‘ylak, och ko‘k pidjak va jigarrang shim kiygan. Qayd etilishicha, u o‘zining tug‘ilib o‘sgan Delaver shtatida katolik ibodat marosimlariga muntazam qatnashib turadi.

Bu Baydenning o‘g‘li Xanter uning sog‘lig‘i haqida so‘nggi ma’lumotlarni berganidan keyingi ilk ommaviy ko‘rinishi bo‘lgan.

Avvalroq, Xanter Bayden BBC’ga bergan intervyusida otasining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida gapirgandi. Uning aytishicha, otasining prostata saratoni suyaklariga va boshqa joylariga tarqalib ketgan.

Jo Bayden saraton kasalligiga chalinganini o‘tgan yilning may oyida, Oq uyni tark etganidan to‘rt oy o‘tmay ma’lum qilgandi. U, avvalroq saraton kasalligi sababli radiatsiya va gormonal davolanishdan o‘tgan. Shuningdek, sentyabr oyida saraton hujayralari aniqlangan teri qismini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.

Baydenning rafiqasi Jill Bayden ham joriy yilning iyun oyida turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘i haqida gapirgan. Uning aytishicha, agar Baydenda faqat prostata saratoni aniqlanganida, vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi, biroq kasallikning suyaklarga metastaz bergani holatni ancha murakkablashtirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing