Dunyoning sobiq birinçi raketkasi saratonga çalindi
Sport
−
14:00 347 1 daqiqa
Dunyoning sobiq birinçi raketkasi, amerikalik tennisçi Jimmi Konnors saraton kasalligidan davolanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Konnors “Advantage Connors” YouTube kanalidagi podkastda söz oçdi.
Konnorsning sözlariga köra, birinçi operatsiyadan keyin tiklaniş jarayoni olti haftadan beri davom etmoqda.
“Tiklaniş jarayoni davom etmoqda. Olti hafta böldi. Quloğimda saraton bor edi. Quyoşdan himoyalovçi krem surting. Özingizga yaxşilik qiling va bunday holatga tuşib qolmang. Olti haftadan beri quloğimni davolatyapman”, deydi u.
Uning aytişiça, quloğida ösma aniqlangan va u yana bir jarrohlik amaliyotini ötkazişi kerak.
“Hammasi töğri yönalişda ketmoqda. Keyingi hafta yana bir operatsiyam bor. Sizlarga yakuniy natijani körsataman. Quyoşdan himoyalovçi kremdan foydalaning. Özingizni ehtiyot qiling”, deya qöşimça qildi sobiq tennisçi.
Ma’lumot uçun, 74 yoşli Jimmi Konnors Oçiq era (1968 yildan keyingi davr)da ötkazilgan musobaqalardagi sovrinlar (109), öyinlar (1557) va ğalabalar (1274) soni böyiça rekordçi hisoblanadi. Amerikalik tennisçi faoliyati davomida “Katta dubulğa” turnirlarining yakkalik bahslarida 8 marta çempion bölgan.
Live
Barchasi