Koinotda saratonga qarşi yangi dorilar “yetiştirilmoqda”
Bu qiziq
−
20:00 430 3 daqiqa
AQŞning Varda Space Industries kompaniyasi Yer orbitasida saraton kasalligini davolaşda qöllanilişi mumkin bölgan dori vositasining kristallarini östirmoqda. Olimlar mikrogravitatsiya, ya’ni vaznsizlikka yaqin şaroitda kristallarni Yerga qaraganda tartibliroq şakllantiriş mumkinligini sinovdan ötkazyapti. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Kompaniyaga tegişli uçta maxsus kapsula hozirda Yer yuzasidan qariyb 480 kilometr balandlikda aylanmoqda. Ularning birida saraton kasalligiga qarşi dori vositasining mayda kristallari östirilmoqda. Qolgan ikkitasida esa kosmik apparatlarning Yer atmosferasiga qaytişi vaqtida foydalaniladigan issiqlikdan himoya materiallari va navigatsiya tizimlari sinovdan ötkazilmoqda.
Varda Space Industries joriy yilning 1 oktyabr kuni bitta raketa yordamida ikkita kapsulani, 20 oktyabr kuni esa uçinçi kapsulani orbitaga çiqargan. Kompaniya kelajakda kosmosda dori vositalari işlab çiqaradigan zavodlar tarmoğini yaratişni rejalaştirmoqda.
Buning asosiy sababi esa kosmosdagi mikrogravitatsiya şaroiti. Yerda tortişiş kuçi suyuqlik tarkibidagi zarraçalarning çökişiga, ziçlikdagi farqlar esa suyuqlik oqimlarining paydo bölişiga olib keladi. Bu jarayonlar kristallarning şakllanişiga xalaqit berişi mumkin. Kosmosda esa bunday ta’sirlar ança kamaygani sababli kristallar tartibliroq ösişi mumkin.
Mutaxassislarning tuşuntirişiça, dori kristallarining hajmi, şakli va tuzilişi preparatning organizmda qançalik tez erişi, saqlaniş muddati va uni bemorga qanday usulda yuborişga ta’sir qiladi. Şu sababli kosmosda östirilgan kristallar ayrim dorilarni takomillaştirişga yordam berişi mumkin. Masalan, hozirda vena orqali yuboriladigan ba’zi preparatlarni oddiy in’eksiya şakliga ötkaziş imkoniyati paydo bölişi mumkin.
Kosmosda işlab çiqariş nafaqat dori vositalari, balki smartfonlar va elektromobillarda işlatiladigan yarimötkazgiçlar uçun ham foydali bölişi mumkin. Mikrogravitatsiya va havoning yöqligi kristallardagi nuqsonlarni kamaytirib, sifatliroq materiallar olişga yordam berişi kutilmoqda.
Olimlar bunday tajribalarni Xalqaro kosmik stansiyada ham bir neça ön yildan beri ötkazib keladi. Biroq stansiya asosan ilmiy tadqiqotlar uçun möljallangan va uni 2030 yil atrofida foydalanişdan çiqariş rejalaştirilgan. Şu sababli ayrim kompaniyalar tijoriy kosmik stansiyalar va maxsus laboratoriyalar yaratiş ustida işlamoqda.
Varda kompaniyasi tajribalarni kosmonavtlar iştirokisiz amalga oşiradigan avtonom kapsulalardan foydalanmoqda. Tajriba tugagaç, kapsula kosmik apparatdan ajralib, Yer atmosferasiga qaytadi va paraşyut yordamida odamlar yaşamaydigan hududga qönadi.
Kompaniya hozirgaça orbitadan bir neçta kapsulani Yerga qaytargan. 2027 yilda yana yettita, 2028 yilda esa önta missiyani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Kompaniya vakillarining aytişiça, dori vositalarini işlab çiqişda tajribalarni tez-tez takrorlaş muhim, çunki bu jarayon natijalarini tezroq baholaş imkonini beradi.
Live
Barchasi