Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku – Alisher Qodirov G‘ayrat Do‘stov haqida

Jamiyat

image
Adolat 15 sutkaga qamaldi north_east

Adolat 15 sutkaga qamaldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Toshkentda “zapravka”lardagi sharoitni tanqid qilib, 15 sutkaga qamalgan va ishi apellyatsiya инстанциясида ko‘rib chiqilayotgan G‘ayrat Do‘stov haqida post qoldirdi.

"Metan bolaga tushunmadim, baraka topgur o‘zingni qadrla, g‘ayratingni bayramdan keyin qil, vazifasi surishtirish bo‘lgan idoralar surishtirishga majbur, bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku?

E’tirozni to‘g‘ri-noto‘g‘riligi haqida keyinroq va kengroq, lekin bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo‘ldilar…" dedi Qodirov.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, davlat, qonun, hukumat – bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi. Inson uchun ishlash uchun insonlar uchun cheklovlar joriy etadi va uni qo‘llashga vakolatli va majbur.

"Dunyoni istagan davlatida haq va majburiyat bir-biriga chegara chizadi, qaysi tomon tartibliroq bo‘lsa, o‘sha tomonning hududi kengroq bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. O‘zini qadrlamaydigan, topganini tushunmaydigan, isrofchi jamiyatning haq hududi doimo tor bo‘lgan, bundan keyin ham shunday bo‘ladi", deydi u.

"Biz yo‘lni boshidamiz, inson har yilda bir yoshga ulg‘aysa, davlatlar, jamiyatlar o‘n, yigirma, ayrimlari esa yuz yillarda bir yoshga ulg‘ayadi. Kuchli jamiyat bo‘lish uchun hali ko‘p tortishiladi, bu zarur va tabiiy jarayon, lekin qancha vaqt ketishi qadr va insof, baraka va isrof degan tushunchalarni tezroq anglab yetishimiz va hayotimizga tatbiq eta olishimizga bog‘liq", deya qo‘shimcha qilgan deputat.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov G'ayrat Do'stov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing