“Milliy tahdid emasmi?” Alişer Qodirov boşqa tilda boşlanğiç ta’lim olişni çeklaşni taklif qildi (video)
O‘zbekiston
−
22:26 257 3 daqiqa
Özbek ota-onalarning farzandlari uçun boşqa ta’lim tilini tanlaş huquqini çeklaş zarur. Bunday taklifni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov keça, 17 noyabr kuni bölib ötgan partiya fraksiyasi yiğilişida bildirdi.
Uning aytişiça, “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida”gi qonunning 38-moddasini qayta körib çiqiş zarur. Hozirgi tartib ota-onalarga farzandlari uçun maktabgaça ta’lim va tarbiya şakllari hamda ta’lim oliş tilini erkin tanlaş imkonini beradi. Şuningdek, davlat ta’lim standartlarida bolalarning boşlanğiç ta’lim va tarbiyani davlat tilida olişini majburiy etib belgilaş kerak.
“Maktabgaça ta’lim töğrisidagi qonun – 38-modda. Ota-onalar [tilni] erkin tanlaş huquqiga ega. Kim erkin tanlayapti, nimani tanlayapti? Boşqa tilni tanlayapti. Davlat siyosati nima böladi? Milliy qadriyatlarimiz, vatanimizni yaxşi köradigan, vatanparvar avlod yetiştiriş haqida gapiryapmizmi?” deya savol qöygan Qodirov.
Bundan taşqari, uning aytişiça, oliy ta’limda til tanlaş erkinligi saqlanişi mumkin, biroq boşlanğiç ta’limda bunday huquq çeklanişi kerak.
“Oliy ta’limda mayli, xohlagan tilida öqiyversin. Lekin boşlanğiç ta’limda tanlaş huquqini bermaslik kerak. Boşqa millatli vatandoşimiz bölsa, marhamat, uning milliy tili, u tanlaşga huquqi bor. Lekin ota-onasi özbek bölgan odamga boşqa tilni tanlaş huquqini bermaslik zarur”, deydi u.
Deputatning aytişiça, bu masalaga milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraş kerak.
“Unga [tilga] milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraş kerak. Ta’lim-tarbiya siyosatimizni röyobga çiqişi nuqtai nazaridan qaraş lozim. Tilni boy bergandan keyin sertifikatimiz ham bir tiyin. Har qanaqa metodologiyamiz ham bir tiyin. Tildan boy bergan bolamizni biz heç qaçon özimizniki qilolmaymiz. Bu milliy tahdid emasmi?” deya savol qöygan deputat.
Uning aytişiça, til yöqotilgandan keyin madaniyat ham yöqotiladi.
“Til yöqotgandan keyin madaniyat yöqotiladi, bilib qöyinglar. Unga keyin vatanparvarlikni xohlaganingizça öqiting, foydasi yöq. Vatanparvarlik singdirilmaydi. Vatanparvarlik onasining suti bilan boşlanadi, ta’lim-tarbiya tizimi bilan mahkamlanadi”, deydi Alişer Qodirov.
Ma’lumot uçun, “Maktabgaça ta’lim töğrisida”gi qonunning 38-moddasi bandlaridan birida bolalarning qonuniy vakillari öz farzandi uçun maktabgaça ta’lim va tarbiya şakllarini hamda ta’lim oliş tilini tanlaşi mumkinligi belgilangan.
Live
Barchasi