Baydenning o‘g‘li otasiga bosh og‘riq bo‘ladi – “Reuters”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanterning faoliyatini tekshirish uchun maxsus maslahatchi tayinlanishi Oq uy rahbarining saylovoldi kampaniyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

Qayd etilishicha, maxsus prokuror Devid Veyssning Xanter Bayden ishini tergov qilish uchun tayinlangan. Bu esa Prezident o‘g‘liga qarshi jinoiy tergov uning otasining saylovoldi kampaniyasiga soya solishini kafolatlaydi. Demokratik partiyaning yuqori martabali vakiliga ko‘ra, bu holat Bayden va uning saylovoldi shtab-kvartirasi a’zolariga asosiy e’tiborni siyosiy dasturga qaratishga imkon bermaydi.

"Har safar kimdir Katta hakamlar hay’ati oldiga chiqsa yoki sudga chaqirilsa, matbuot bu haqda so‘rashda davom etadi. Bayden iqtisod, qurol-yarog‘, milliy xavfsizlik haqida gapirishni xohlaydi, ammo uning imkoniyatlari kamroq bo‘ladi", deya tushuntirgan agentlik manbasi.

Demokratlar ham tergovni kengaytirishdan xavotirda.

"Maxsus prokurorlar har doim topishni kutmagan narsalarni topadi. Sobiq prezident Bill Klintonga qarshi tergov Hillari bilan gubernator bo‘lganida tuzgan ko‘chmas mulk bitimidan boshlanib, Monika Levinskiy bilan yakunlangan", deb eslaydi Demokratlar partiyasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Baydenlar oilasi a’zolari – Xanter, Jeyms va Xalle Baydenlar hamda ularning kompaniyalari 2015 yildan 2017 yilgacha Xitoyning State Energy HK Limited kompaniyasidan 1,3 million dollar pul olgani aniqlangandi. Shuningdek, Xanter Bayden rossiyalik, qozog‘istonlik hamda ukrainalik tadbirkorlardan pul olgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden Xanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made