Bayden Isroilda tug‘ilgan (mi?)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroildagi chiqishi vaqtida tug‘ilgan joyini adashtirib yubordi. Aslida, davlat rahbari Qo‘shma Shtatlarning Pensilvaniya shtatida tug‘ilgan.

"Isroil davlati butun dunyo yahudiylarining xavfsizligi uchun paydo qilingan, men ham u yerda tug‘ilganman", dedi AQSH Prezidenti Tel-Avivdagi chiqishi vaqtida.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden Pensilvaniya shtatining Skranton shahrida tug‘ilgan. AQSHning hozirgi rahbarining otasi tomonidan katta bobosi Uilyam Bayden Angliyaning Sasseks shahrida tug‘ilgan va u yerdan AQSHga ko‘chib ketgan. Siyosatchi 1942 yilda tug‘ilgan, Isroil 1948 yilda tashkil topgan.

Keyinchalik Amerikaning CBS telekanali Baydenning nutqini o‘zgacha uslubda izohladi. Ushbu versiyaga ko‘ra, Bayden shunday degan: "Isroil davlati butun dunyodagi yahudiylarning xavfsizligi uchun tashkil etilgan. U aslida shu maqsadda "tug‘ilgan". 

Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroilga yetib bordi. U tashrifi sababini tushuntirar ekan, Amerikaning yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlayotganini dunyo ko‘rishi uchun Isroilga kelganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing