Bayden AQSH tarixidagi eng uzoq muddatli urush qachon tugashini ma’lum qildi
Olam
−
09 iyul 2021 7695 2 daqiqa
Oxirgi amerikalik askarlar Afg‘onistonni tark etgach, AQSH o‘z tarixidagi eng uzoq muddatli urushni tugatadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Bloomberg”.
“Men biror natijaga erishish mumkinligi haqida oqilona umid qilmagunimcha amerikaliklarning yana bir boshqa avlodini Afg‘onistondagi urushga jo‘natmayman. Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoda yaratilgan siyosat bilan 20 yil oldingi kabi aloqada bo‘lib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan u.
Baydenga ko‘ra, AQSHning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi joriy yilning 31 avgustida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH joriy yilning may oyidan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqa boshladi. Xabarlarga ko‘ra, rasmiy Vashington shu vaqtga qadar 90 foiz harbiy kontingentini olib chiqqan. Rejaga ko‘ra, Amerika Afg‘onistonni tark etish jarayonini joriy yilning 11 sentyabriga qadar yakunlamoqchi edi. Italiya va Germaniya esa Afg‘onistonni butunlay tark etishga ulgurgan.
Qayd etish kerakki, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini Vashingtonning “missiya muvaffaqiyatsizligini” tan olishi, deb hisoblashini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH va uning boshchiligidagi harbiy ittifoq — NATO kuchlari 2001 yilning oktyabr oyida Afg‘onistonga qo‘shin kiritgandi. Bunga 2001 yilning 11 sentyabrida Amerikada amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr