Bashar Asad Damashqni tark etgani yo‘q

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad milliy va konstitutsiyaviy burchlarini bajarayotgan Damashqda. Bu haqda Suriya rahbari idorasi xabar berdi.

“Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari Prezident Bashar Asadning Damashqni tark etishi yoki ma’lum bir davlatga qisqa muddatli tashrifi haqida mish-mishlar va yolg‘on xabarlar tarqatmoqda. Suriya Arab Respublikasi idorasi Prezident o‘z ishini, milliy va konstitutsiyaviy burchlarini poytaxt Damashqdan bajarishda davom etayotganini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

27 noyabr kuni “Jabhat an-Nusra” ekstremistik guruhi tuzilmalari va uning ittifoqchilari Suriya shimolidagi Halab va boshqa aholi punktlariga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Keyinroq respublika qurolli kuchlari armiya qayta to‘planish va qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Halabdan chekinishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

5 dekabr kuni u mamlakat g‘arbida joylashgan xuddi shu nomdagi provinsiyaning ma’muriy markazi Hama shahrining bir necha mahallalariga jangarilar kirib kelgani haqida e’lon qildi. Armiya bayonotiga ko‘ra, Hamani ushlab turgan hukumat kuchlari shahar tashqarisiga ko‘chirildi.

Bugun, 7 dekabr kuni Arab Respublikasi Mudofaa vazirligi mamlakat janubida faoliyat yuritayotgan harbiy qismlar harbiy rejaga muvofiq qayta guruhlangani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriyadagi Bashar Asad rejimi kuchlari Isroil bilan chegaradosh Al-Qunaytra viloyatidagi postlarini tashlab ketgani xabar qilingandi. 4 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgandi. Kecha, 6 dekabr kuni ekstremistik guruhi a’zolari Homs shahriga kirib keldi. Keyinroq guruh a’zolari Suriya janubidagi Dar’a viloyati ma’muriy markazi va viloyatning katta qismini o‘z nazoratiga olgani haqida ham xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing