O‘zbekiston Suriyani tor-mor etdi

Sport

−

image

Bugun, 1 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik o‘yinida Suriya milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston MTJ yirik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin to‘liq o‘zbekistonlik futbolchilar ustunligida o‘tdi. Dastlab, 28-daqiqada Sherzod Esonov Suriya darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida Akmal Mozgovoy darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va mo‘ljalda adashmadi – 2:0. Shu tariqa, “oq bo‘rilar” birinchi taymni ishonchli hisobda yakunladi.

Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlar ustunligida boshlandi. Bu ustunlik 49-daqiqadayoq o‘z natijasini berdi. Husayn Norchayev Abbosbek Fayzullayev uzatgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va tablodagi hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Norchayev yana yuqoridan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, dubl qayd etdi. 90+3-daqiqada esa avtogol sabab mehmonlar hisobiga gol yozildi. O‘yin yakunigacha boshqa gol urilmadi va O‘zbekiston vakillari g‘alabani tantana qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing