Suriyadagi yirik harbiy aerodromda portlash sodir bo‘ldi

Olam

−

image

Suriyaning Idlib viloyati qishloq hududidagi Taftanaz harbiy aerodromida bir nechta portlash yuz berdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlashlar bugun, 2 oktyabr kuni ertalab soat 08:00 atrofida boshlangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa vaqtida hudud ustidan razvedka samolyoti uchgan. Portlashlar oqibatida aerodrom hududidan quyuq tutun ko‘tarilgan. Hodisa taxminan bir yarim soat davom etgan.

Mahalliy aholi portlashlarga aerodrom hududida qolib ketgan qurollar qoldiqlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Taftanaz aerodromida avval ham shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Taftanaz Suriyadagi vertolyotlar uchun foydalanilgan ikkinchi yirik harbiy aerodrom bo‘lgan. Suriya urushi yillarida u harbiy amaliyotlar markazlaridan biriga aylangan. 2020 yil mart oyida Turkiya va Rossiya o‘rtasida tuzilgan kelishuvdan keyin esa aerodrom Turkiyaning kuzatuv nuqtasi sifatida ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning g‘arbiy qismida kichik yo‘lovchi avtobusiga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing