Bas qiling! – Allamjonov Ro‘zmetovning vafotini siyosiylashtirayotganlarga murojaat qildi

Jamiyat

image
“Qo‘ylar podasi... Keting qishlog‘ingizga” – “LUKOYL” mansabdori o‘zbek ishchilarini haqoratlaganiga chora ko‘riladimi? north_east

“Qo‘ylar podasi... Keting qishlog‘ingizga” – “LUKOYL” mansabdori o‘zbek ishchilarini haqoratlaganiga chora ko‘riladimi?

Joriy yilning 6 noyabr kuni xorazmlik jurnalist, tanqidiy materiallari bilan e’tiborga tushgan 48 yashar Davlatnazar Ro‘zmetov yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, xalqaro OAVda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ularda Ro‘zmetov baxtsiz hodisa qurboni bo‘lmagani, aksincha, jurnalistga tanqidiy materiallari uchun suiqasd uyushtirilgani aytiladi. Tarqatilayotgan gap-so‘zlar quruq bo‘htonligi va mish-mishlarning Ro‘zmetovning vafoti atrofidagi voqealarga yaqin ham kelmasligini tasdiqlash, tergov jarayonininig ochiq va oshkora olib borilishini ta’minlash maqsadida bugun, 12 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda AOKA direktori Komiljon Allamjonov, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Po‘latov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev, Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov, ommaviy axborot vositalari xodimlari, Davlatnazar Ro‘zmetov bilan so‘nggi bor ko‘rishgan advokat-do‘sti Umidbek Davletov, marhumning jiyani Furqat Ro‘zmetov ishtirok etdi.

Mazkur anjumanda Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq hodisa yuz bergan kundagi voqealar xronologiyasi aniq dalillar bilan namoyish etildi. O‘sha kuni u bilan uchrashgan advokat Umid Davletov va Davlatnazar Ro‘zmetovning jiyani Furqat Ro‘zmetov Xorazm viloyati IIB tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqladi. Yig‘ilishda AOKA direktori Komiljon Allamjonov so‘z olib, haqiqat yuzaga chiqqani, bo‘hton tarqatayotganlar Ro‘zmetovning xotirasi hurmati yolg‘on mish-mishlarni tarqatishni bas qilishlarini iltimos qildi. 

“Shu fursatdan foydalanib, Davlatnazar Ro‘zmetovning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardligimizni, ta’ziyamizni bildiramiz. Bugun guvohi bo‘lganingizdek, bu baxtsiz hodisani o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida siyosiylashtirishga urinayotgan ayrim odamlarga hech bo‘lmasa uning xotirasi hurmati bu harakatlarini to‘xtatishlarini iltimos qilgan bo‘lardik. Chunki, hamma narsa oydek ravshan bo‘lib turibdi. Oila a’zolari ham buni tan olib aytishyapti. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham tasdiqlamoqda. 

Davlatnazar Ro‘zmetovning xotirasi hurmati bu hodisani bunday jirkanch siyosiy tomonga burib, bu baxtsiz hodisani suiqasd qilingan deb chiqish qilishlarini bas qilishlarini iltimos qilgan bo‘lar edik”, deydi Allamjonov. 

Eslatib o‘tamiz, Davlatnazar Ro‘zmetov joriy yining 6 noyabr kuni “Urganch-Xiva” yo‘lining 5-kilometrida YTHga uchrab, voqea joyida vafot etgan edi. 48 yashar jurnalist 2018 yil 29 oktyabr kuni “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan paytida hibsga olinib, Qo‘shko‘pir tumani ma’muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Mazkur voqea jurnalistning vafoti bilan bog‘liq turli mish-mishlarning bolalashiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon Allamjonov Davlatnazar Ro'zmetov

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing