“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi
3-sahifa
−
19 iyul
8862Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqargan.
Biroq sudya tergovchi qanday protsessual xatolikka yo‘l qo‘yganiga aniqlik kiritmadi.
Qayd etish joizki, xususiy ajrim muhokamasi natijasiga ko‘ra, tergovchining javobgarligi (intizomiy va boshqa) ko‘rilishi mumkin.
Shu bilan birga, jabrlanuvchilar Sultonov va Ochilovlarga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik to‘g‘risida yolg‘on xabar bergani uchun Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi (Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) tartibida prokurorga xabarnoma yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevни 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, uning akasi Shuhrat Qudratullayevни 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayevga 11 va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuманиёзоvaни esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi