“Baxti Tashkentskiy” ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilyapti
3-sahifa
−
07 Sentabr
677919 iyul kuni, “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingandi. Hukm ustidan sudlanuvchilarning advokatlari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rish kecha, 6 sentyabr kuni boshlandi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh.Shomirzayev ishtirok etmoqda. Sud majlisida 8 nafar sudlanuvchi va ularning advokatlari hamda 3 nafar manfaatdor shaxslar ishtirok etmoqda. Keyingi sud ishi 13 sentyabr kuni davom ettiriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi Tolibjon Obidov raisligida birinchi instansiya sudida chiqarilgan hukmga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev 20 yil, uning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy, o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayev 11 va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuмaниёзоvaga esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.
Hukmga ko‘ra, Qudratullayev (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Shuningdek, u Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq Baxtiyor Qudratullayevga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi.