O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman – “Baxti Tashkentskiy”ning akasi (video)
3-sahifa
−
12 fevral 7146 2 daqiqa
“Ko‘cha” havas qiladigan narsa emas. Bu haqda jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan Shuhrat Qudratullayev Ichki ishlar vazirligining “So‘nggi pushaymon” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Panjara ortida hozir mana 12-yil, undan oldin 10 yil “Jasliq” 71-koloniyada o‘tirdim. 2007 yildan 2017 yilligacha. Hozir mana 10 yil 6 oyga “kesilganman”. O‘tmish qo‘ymasakan, yana shu joylarga kelib qoldim. O‘tmishda ko‘cha hayotini havas qilib yashaganmiz. Keyinchalik havas qiladigan narsa emasligi bildik. Ko‘p narsa yo‘qotdik: jigarlarimizni, oilamizni, bolalarimizning yoshligini. Kerakli bo‘lgan paytda oilamizni oldida bo‘la olmadik. O‘zimiz sababchi bo‘lib shunaqa joylarga kelib qoldik. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman”, deydi u.
Shuningdek, u hozirda ozodlikda bo‘lganida qo‘ldan kelgancha davlatga foydali bo‘lishini, foydasi tegmasa ham zarari tegmasligini aytgan.
“Yoshlarga to‘g‘ri yo‘lda yurishini aytaman. Mana, Prezidentimiz sharoit yaratib beryaptilar. Tadbirkorlik qilib, o‘qishlarda o‘qisin. Yoshlarga qonun ustuvorligini, qonunni hurmat qilishini, afsusdaligimni, pushaymonligimni aytaman. O‘zimdan, oilamdan sezaman bu narsani. Oilam ham qiynalib ketdi. Hozir 60 ga chiqyapman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bekzod Zafarov otasining yo‘lidan ketmoqchi bo‘lganini, biroq bu yo‘l xatoligini tushunganini aytgan edi.
“Baxti Tashkentskiy” ishi
2024 yilning iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilingandi. Sud hukmiga ko‘ra, Bekzod Zafarov 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilangan. “Baxti Tashkentskiy”ning kichik o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev esa 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilangan. Qudratullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Bekzod Zafarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “v” bandi bilan ayblanib qo‘lga olingan. Davlat ayblovchisi suddan Bekzod Qudratullayevni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
Oldinroq esa sud Baxtiyor Qudratullayevни 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, uning akasi Shuhrat Qudratullayevни 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuманиёзоvани esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi