BAA Trampga bir tomchi neft sovg‘a qildi

Olam

image

Bugun, 16 may kuni AQSH Prezidenti Donald Trampga Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan bir tomchi neft solingan quti sovg‘a qilindi. Bu haqda CNN yozdi.

“Bu sayyoradagi eng sifatli neft. Lekin ular menga faqat bir tomchi berishdi”, dedi Tramp kulib.

Ammo bu bir tomchi kattaroq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Dunyoning eng yirik neft eksportchilaridan biri bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari o‘z iqtisodiyotini uglevodorodlardan uzoqlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatga kirishar ekan, ishlab chiqarilgan neftning so‘nggi barrelini nishonlashini e’lon qilgan.

BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 2015 yilda “50 yildan keyin biz oxirgi neft barrelini nishonlaymiz”, degan.

“Neft tugaydigan resurs edi, shuning uchun biz kelajakdagi rivojlanish rejalarimizni shu asosga asoslanib tuzishimiz kerak”, deya ta’kidlagan BAA yetakchisi

Qayd etish joiz, neft davlat daromadlarining qariyb 60% va YAIMning 30% dan kamrog‘ini tashkil qiladi, bu esa neftga boy qo‘shni Ko‘rfaz mamlakatlariga qaraganda ancha past.

Prezident Donald Tramp Vashingtonga jo‘nab ketishdan oldin Ibrohimlar oilasi uyini ko‘zdan kechirdi. Majmuada masjid, sinagoga va cherkov joylashgan. Tramp masjid, sinagoga va cherkovni ziyorat qilib, mehmonlar kitobiga imzo chekdi va bu joydan hayratda qolgan.

“Buyuk birdamlik, buyuk e’tiqod, aql bovar qilmaydigan odamlar, mening do‘stim bo‘lgan buyuk rahbar bilan”, dedi Tramp Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga yo‘llagan murojaatida.

Shunday qilib, Donald Tramp Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida to‘xtashlarni o‘z ichiga olgan Yaqin Sharqqa safarini yakunlab, Abu-Dabidan jo‘nab ketdi.

Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi

Yaqin Sharqqa tashrif buyurgan Tramp 13-16 may kunlari mazkur mintaqada bo‘ladi. AQSH Prezidenti hozirgacha mazkur tashrif davomida Saudiya Arabistoni bilan AQSH iqtisodiyotiga 600 mlrd dollar sarmoya kiritish bo‘yicha bitim imzoladi. 

Shuningdek, Tramp va Qatar hukumati o‘rtasida 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatga ega iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma Boeing kompaniyasi Qatarga 200 mlrd dollarlik 160 dan ortiq samolyot yetkazib berishi to‘g‘risidagi kelishuvni ham o‘z ichiga oladi.  

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan paytda Tramp Suriyaga qarshi barcha AQSH sanksiyalarini bekor qilishini e’lon qildi. Bu qaror ijtimoiy va diplomatik doiralarda katta rezonansga sabab bo‘ldi. Tramp, shuningdek, Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi va uni Isroilni tan olish va Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishga da’vat etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing